Sport | 21:33 / 29.09.2016
10696
1 daqiqa o‘qiladi

Andrey Shevchenko - 40 yoshda! Hujumchining faoliyatidagi eng yorqin lahzalar

Bugun Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko 40 yoshga to‘ldi.

2004 yili «Oltin to‘p» sovriniga loyiq deb topilgan Sheva futbolchilik faoliyatini Kiyevning «Dinamo», «Milan», «Chelsi» klublarida o‘tkazgan. Ukrainaning besh karra chempioni, Italiya chempioni, Chempionlar ligasi va UYeFA superkubogi g‘olibi bo‘lgan va boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

U o‘z tug‘ilgan kunini keng nishonlashni xush ko‘rmaydi, 40 yoshlik yubileyini ham oilasi davrasida o‘tkazmoqda.

Quyida uning futbolchilik faoliyatidan yorqin lahzalar taqdim etiladi.

«Oltin to‘p»

«Milan» bilan YeChLdagi g‘alaba

Ukraina terma jamoasi bilan Germaniyadagi mundialga yo‘llanma

Ukraina mezbonlardan biri bo‘lgan Yevro-2012 turniridgi ishtirok

Filimonovga urilgan afsonaviy gol

Mavzuga oid