Jahon | 14:24 / 29.09.2016
8297
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi uylardan birida 16 kishining jasadi topildi

Xitoy politsiyasi mamlakatning Yunnan viloyatidagi turar-joy binolaridan birida 16 kishining jasadini aniqladi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Jasadlar Xueytsze tumanidagi uylardan biridan topilgan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, ularning barchasi qasddan qotillik sodir etish orqali o‘ldirilgan. Qurbonlar orasida 3 nafar bola ham bor.

Hodisa bo‘yicha boshqa tafsilotlar berilmagan. Surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid