14:31 / 29.09.2016
5461

«Rostov» va PSV bahsi vaqtida maydonga banan tashlandi

Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi, 2-turi doirasida kechgan «Rostov» va «PSV» jamoalari bahsi vaqtida maydonga banan tashlandi.

O‘yinning 23-daqiqasida rossiyaliklar jamoasi darvozaboni maydonchasi yaqinida yotgan banan televizorda ham yaqqol ko‘rindi.

Hozircha bu vaziyat bo‘yicha o‘yinda bosh hakam bo‘lgan Kleman Tyurpenning raportida nima deyilgani noma'lum.

Qayd etish kerakki, UYeFA 9 sentabr kuni mahalliy muxlislar jamoaning YeChLga chiqish uchun Niderlandiyaning boshqa bir jamoasi «Ayaks» (4:1) bilan kechgan o‘yin vaqtida irqchilik harakatlarini sodir etishgani uchun «Rostov»ning uy stadioni bo‘lmish «Olimp-2» stadionining sharqiy tribunasi bitta o‘yinga yopiq bo‘lishi haqida qaror chiqargandi.

Mavzuga oid
Top