Auksionda 6,2 million dollarga sotib olingan bananni o‘z egasi yeb qo‘ydi
San’atning konseptual asari shu tariqa yo‘q qilindi.

Bozordagi kapitallashuvi 17,4 milliard dollar bo‘lgan eng yirik blokcheyn loyihalaridan biri Tron asoschisi Jastin Sun avvalroq 6,2 million dollarga sotib olgan bananni yedi. U o‘z xatti-harakatining sababini tushuntirmadi.
Jastin Sun 21 noyabr kuni «Comedian» deb nomlangan va devorga yopishtirilgan banan ko‘rinishidagi art-obektni Sotheby's auksionida 6,2 million dollarga sotib olgan edi.
🍌 BREAKING: Justin Sun eats the $6.2M banana art he purchased. pic.twitter.com/3Qj1ANpTYX
— Cointelegraph (@Cointelegraph) November 29, 2024
«Bu shunchaki san’at asari emas: u san’at, memlar va kriptovaluta hamjamiyatini bog‘laydigan madaniy hodisani ifodalaydi. Ishonchim komilki, bu ish yangicha fikrlash va munozaralarni ilhomlantirib, tarixning bir qismiga aylanadi», deb yozgan edi Sun xaridi haqida.
«Comedian» san’atning konseptual asari bo‘lib, u devorga skoch lentasi bilan yopishtirilgan banan edi. U 2019 yilda Art Basel Miami Beach yarmarkasida rassom Mauritsio Kattelan tomonidan taqdim etildi. Asarda rassom tomonidan Mayamidagi oziq-ovqat do‘konidan sotib olingan banan ishlatilgan.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Abadiy jangga tayyor» Rossiya, Trampni pulga ko‘mgan arablar – hafta dayjesti
Jahon | 13:09
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

14:12 / 21.11.2024
Devorga skotchlangan “banan” 6,2 mln dollarga sotildi

18:27 / 09.09.2024
«Auksion o‘yinlari» orqali Bo‘stonliqdan yer olib berish uchun 1,5 million dollar talab qilgan fuqaro ushlandi

14:20 / 19.02.2024
Banan importi 5 foizga kamaydi

20:26 / 20.01.2024