Devorga skotç bilan yopiştirilgan banan Nyu Yorkdagi Sotheby’s kimoşdi savdosida 6,2 million dollarga sotildi.
Oq devorga kumuş rang skotç bilan yopiştirilgan sariq banan — italiyalik rassom Mauritsio Kattelanning “Komik” nomli asari. U ilk bor 2019 yilda Art Basel Miami Beach körgazmasida namoyiş etilgan va keng muhokamaga sabab bölgan.
Bu hazilmidi yoki san’at dunyosining ustidan kuliş? Rassomlardan biri devordagi bananni olib yeb qöygan. Örniga boşqa banan keltirilgan. Selfi işqibozlari şu qadar köpayib ketganidan, “Komik” asari közdan pana joyga olib qöyilgan, ammo Perrotin galereyasi ma’lumotlariga köra, uning uçta nusxasi 120 000 dollardan 150 000 dollargaça sotilgan.
20 noyabr kuni bölib ötgan Sotheby’s kimoşdi savdosida konseptual san’at asari xitoylik tadbirkor Jastin San tomonidan sotib olingan. Sotheby’s zamonaviy san’at bölimi rahbari Devid Galperin bu asarni çuqur ma’noli va bahsli deb ta’rifladi.
“Aslida, Kattelan zamonaviy san’at olamiga közgu tutyapti va bizni san’at asarlarini qanday qadrlaşimiz, nimani san’at asari deb tuşunişimiz haqida öylaşga undovçi savollarni kötaryapti”, — dedi Galperin.
Kimoşdi iştirokçilariga sotilgan mevalar aynan Mayamida körsatilgan bananlar emas. Ular allaqaçon yöq bölib ketgan. Sotheby’s ta’kidlaşiça, mevalar, xuddi lenta kabi, muntazam almaştirib turiladi.
“Kattelanning “Komik” asarini sotib olganingizda, aslida bananning özini emas, balki haqiqiylik sertifikatini xarid qilasiz. Bu sertifikat sizga banan va skotç yordamida uyingizdagi devorda Mauritsio Kattelanning original san’at asarini qayta yaratiş huquqi va vakolatini beradi”, — dedi Galperin.
Kattelan öz asariga jiddiy qaraşlarini istamagan bölişi mumkin, buni uning nomidanoq payqaş mumkin. Ammo Kolumbiya universiteti San’at maktabi dotsenti Kloye Kuper Jons bu masalani çuqurroq öylaş kerakligini ta’kidladi.
Kattelan öz işini badavlat kolleksionerlar taşrif buyurgan yarmarkada namoyiş etdi. U yerda “Komik” ijtimoiy tarmoqlarda katta e’tibor tortişiga şubha yöq edi. Uning aytişiça, asar kolleksionerlar uçun bema’ni narsaga sarmoya kiritişga çaqiriq bölişi mumkin.
Kuper Jons banan faqat boylarni masxara qiliş vositasi emasligini ta’kidladi. U Kattelanani köpinça “firibgar rassom” deb hisoblaşlarini eslatdi.
“Biroq uning asarlari köpinça hazil va çuqur dahşat oraliğida turadi. U şunçaki provokatsiya emas, balki tarixning eng qoronği tomonlariga va özimizga nazar solişga undaş yöllarini izlaydi”.
















