Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari
30 sentabr tuni va 1 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Harakatlanishdagi cheklanishlar bo‘yicha ma'lumot

Toshkent shahar hokimligining ma'lum qilishicha, 2 oktabr kuni “Kamolot-Tur” IX yoshlar velomarafonining Respublika bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan soat 9:00dan 11:00ga qadar poytaxtdagi ba'zi ko‘chalar yopiladi.
>>> Batafsil.
XVJ Xitoy milliy pulini xalqaro valyutalar savatchasiga qo‘shdi

XVJ Ijroiya kengashi Xitoy yuanini SDR savatchasiga qo‘shish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya xabar qilmoqda jamg‘arma axborotnomasida.
>>> Batafsil.
AQShda politsiyachilar taqib vaqtida 6 yoshli bolani otib tashlashgani ma'lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari AQSh politsiyasi tomonidan 6 yoshli bolaning o‘ldirilishini keskin qoralamoqdalar.
>>> Batafsil.
Moldova moliya vaziri ustidan bir chelak sut quyib yuborildi

Moldova moliya vaziri Oktavian Armashning ustidan mamlakatdagi inqiroz uchun bir chelak sut quyib yuborildi
>>> Batafsil.
Fransiyalik Apple Store’da o‘nlab gadjyetlarni sindirdi

Fransiyaning Dijon shahrida mijoz Apple Store’da kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash xizmati sekin ishlashidan norozilik sifatida o‘nlab gadjyetlarni sindirdi.
>>> Batafsil.
Merkel va Obama Rossiyaning Halabga berayotgan aviazarbalarini qoraladi

Fransiyaning Parij shahrida 29 sentabrda Xalqaro avtoko‘rgazma ochilgani haqida avval xabar qilgan edik.
>>> Batafsil.
Britaniyalik bokschi ringda olingan jarohatlardan vafot etdi

O‘rta og‘ir vaznda ishtirok etuvchi britaniyalik bokschi Mayk Touell o‘zining hamyurti Deyl Evansga qarshi jangda olingan jarohatlardan vafot etdi
>>> Batafsil.
"Zenit" sentabr oyida Yevropaning eng samarali futbol klubi bo‘ldi

Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, Yevropadagi chempionatlar vakillari orasida eng samarali klub sifatida qayd etildi
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020