Moldova moliya vaziri Oktavian Armaşning ustidan mamlakatdagi inqiroz uçun bir çelak sut quyib yuborildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Voqea hukumat binosi oldida yuz bergan, bu yerda namoyişçilar ötgan yildan beri hukumatga qarşi norozilik ötkazib kelmoqdalar.
"Bu xalq zimmasiga yuklagan qarzlar, noçor pensionerlar va nogironlar uçun. Yana bu yerga surbetlarça kelasiz", deb aytdi Kişinyovda yaşovçi şaxs.
Ta'kidlanişiça, bu payt yaqin atrofda politsiya bölmagan.
Bunga javoban Armaş hukumat pozitsiyasini tuşuntirmoqçi bölgan, biroq uni eşitişmagan va Armaş unga sut quygan kimsani "eşak" deb, voqea joyidan ketgan.













