Jahon | 11:27 / 30.09.2016
7515
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel va Obama Rossiyaning Halabga berayotgan aviazarbalarini qoraladi

AQSh prezidenti Barak Obama va Germaniya kansleri Angela Merkel, ularning ta'biri bilan aytganda, Rossiya va Suriya hukumatining mamlakat sharqidagi Halab shahriga berayotgan varvarlarcha havo zarbalarini qoralashdi. 

Oq uy ma'muriyati, Obama va Merkel o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqoti yuzasidan rasmiy bayonotini e'lon qildi. 

Unda, Halab sharqida yuz minglab fuqarolar istiqomat qilayotgani, ularning qariyb yarmi bolalar ekani ta'kidlangan. 

Obama va Merkelning fikricha, jangovar harakatlarni to‘xtatish borasidagi muhim mas'uliyat Rossiya va Suriya hukumati zimmasidadir. Bundan tashqari, ular BMTning gumanitar yuklarini mamlakatning borish qiyin bo‘lgan tumanlariga yetkazishni ta'minlashi kerak. 

Bundan avvalroq, AQSh davlat kotibi Jon Kerri bergan bayonotga ko‘ra, AQSh Rossiya hukumati bilan Suriyada sulhni tiklash bo‘yicha har qanday muzokaralarga barham berishga yaqin turibdi. Uning aytishicha, bombardimonlar davom etayotgan bir sharoitda nimanidir muhokama qilishdan ma'ni yo‘q. Shunga binoan, AQSh boshqa muqobil yo‘llarni qidirishi lozim. 

Kerrining o‘rinbosari Entoni Blinkenning ma'lum qilishicha, Barak Obama Suriya inqirozini hal qilishga jalb etilgan barcha boshqarmalar o‘z takliflarini ishlab chiqishi bo‘yicha ko‘rsatma bergan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid