Jamiyat | 15:19 / 01.10.2016
4213
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyalik dizayner shokolad iforli kimono tikdi

Yaponiyaning Kioto shahrida dizayner shokolad ifori taratib turadigan matodan kimono tikdi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar bermoqda.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, Nobuaki Tomita o‘zining ushbu ishini mana shu oy Yaponiya va Italiya munosabatlarining 150 yilligiga atab Turinda o‘tadigan marosimda taqdim etadi.

Dizayner shuning bilan birga turinlik hamkorlari bilan Italiyada o‘sadigan kakao-boblardan ham mato tayyorlashga urinib ko‘radi. Uning bu boradagi bundan avvalgi harakatlari omadsiz yakunlangan edi. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid