Buyuk Britaniya Brexit bo‘yicha muzokaralarni qachon boshlashi ma'lum bo‘ldi
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha jarayonni 2017 yilning mart oyida boshlaydi. Bu haqda hukumatdagi partiya a'zolari yig‘ilishi vaqtida mamlakat bosh vaziri Tereza Mey ma'lum qilgan.
"Biz Lissabon kelishuvining 50-moddasi bo‘yicha harakatlarnig kelasi yilning martida boshlaymiz", deya uning yakshanba kungi chiqishidan iqtibos keltirgan «Bi-bi-si».
Lissabon kelishuvining 50-moddasiga ko‘ra, YeIning istalgan a'zosi ittifoq tarkibini tark etish huquqiga ega hisoblanadi. Buning uchun avvaliga Bryusselga shu borada rasmiy ariza bilan murojaat etishi talab qilinadi. Shundan so‘ng, mamlakatning tashkilotni tark etish tartibi, tashkilot bilan munosabatlarni qay ko‘rinishda saqlab qolmoqchiligi borasida jarayon kechadi.
Bundan oldinroq, Tereza Mey Birlashgan Qirollik Germaniyadagi parlament saylovlari boshlanishini kutib o‘tirmasdan Brexit bo‘yicha harakatlarga kirishilishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:17 / 10.09.2024