Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qanday asoslarga ko‘ra mehnat ta'tili boshqa vaqtga ko‘chiriladi?
“Postda” nashrida Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi S. Mansurovning murojaatnomasi keltiriladi. Unda shunday deyiladi: “Men sentabr oyida ta'tilga chiqishim kerak. Lekin ba'zi sabablarga ko‘ra, mehnat ta'tilini boshqa muddatga ko‘chirmoqchiman. Buning imkoni bormi? Umuman, qanday asoslarga ko‘ra mehnat ta'tili boshqa vaqtga ko‘chiriladi?”
S.Mansurovning mazkur savoliga huquqshunos Bo‘riboy Miralimov javob bergan:
“O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 145-moddasida mehnat ta'tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko‘chirish asoslari bayon etilgan. Unga muvofiq, xodimlar quyidagi hollarda ta'tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga ega:
- vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz davrida;
- homiladorlik va tug‘ishta'tili muddati boshlanganda;
- yillik ta'til o‘quv ta'tili vaqtiga to‘g‘ri kelib qolganda;
- davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganda, basharti qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda bunday vazifalarni bajarish uchun xodimni ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa.
Agar ta'tildanfoydalanishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar ta'til boshlangunga qadar kelib chiqqan bo‘lsa, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ta'tildan foydalanishning yangi muddati belgilanadi. Bunday sabablar ta'til davrida kelib chiqqan hollarda, ta'til tegishli kunlar soniga uzaytiriladi yoki xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan ta'tilning foydalanmay qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chiriladi.
Xodim ta'tildan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar to‘g‘risida ish beruvchini xabardor qilishi shart. Agar xodim belgilangan muddatda ta'tilning boshlanish vaqti to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilinmagan yoki unga ta'til boshlangunga qadar ta'til vaqti uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa, ta'til xodimning arizasiga muvofiq boshqa vaqtga ko‘chiriladi”.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026