Texnologiya | 21:09 / 03.10.2016
5128
2 daqiqa o‘qiladi

4 oktabrda Google’ning yangi smartfonlari namoyish qilinadi

Google Inc. kompaniyasi 4 oktabr, seshanba kuni apparat ta'minoti chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmaning birinchi mahsulotiga aylanuvchi o‘z smartfonlarini taqdim etadi. Bo‘linma joriy yilning boshida yaratildi, deb yozadi The Wall Street Journal gazetasi.

Yangi gadjyetlarning dizayni Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, kompaniya nomi ostidagi brendda sotuvga chiqariladi. Kompaniya seshanba kuni San-Frantsiskoda yangi qurilmani taqdim etish uchun tadbir o‘tkazadi. 

Avvalroq, Google asosan mobil qurilmalarni  o‘z dasturiy ta'minotlarini namoyish etish uchun ishlab chiqargan, bu esa juda ham katta foydalanuvchilarga ega bo‘lgan ommaviy-bozorni yarata olish imkonini berdi.

Google’ning o‘z brendi ostida mobil qurilmalarni ishlab chiqarishi hardware yo‘nalishda rivojlanish niyati hisoblanadi, lekin kompaniya biznesining o‘sishi hali hanuz uning yangi texnologiyalarni o‘z sheriklariga taqdim etishi sabab bo‘ladi, deb hisoblaydi Jackdaw Research bosh tahlilchisi Yan Douson.

Kompaniyaning o‘z brendi ostidagi smartfonlari yuqori texnologiyali Apple Inc. va Samsung Inc. qurilmalari bilan raqobatlasha olishi kutilmoqda.

Google smartfonlari mobil aloqa operatorlari hamkorligida ham sotiladi va bu esa yanada ko‘proq foydalanuvchilarni jalb etishga yordam beradi.

Pixel va Pixel XL’ning taxminiy texnik tavsifi:

Chipset: Snapdragon 820 yoki 821

Operativ xotira: 4 Gb

Doimiy xotira: 32 yoki 64 Gb

Ekran: Pixel uchun — 5 dyuym va FullHD, Pixel XL uchun — 5,7 dyuym va 2K

Asosiy kamera: 12 Mp

Barmoq izlari skaneri: bor

Operativ tizim: Android 7.1

Kenja modelning narxi 649 dollar bo‘lishi aytilmoqda.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid