Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniyada «Inson minoralari» barpo etildi
2 oktabr kuni Ispaniyaning Tarragon shahrida an'anaviy Kataloniya tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etganlar eng baland kastellar - «insonlardan barpo etilgan qasrlar»ni qurish bo‘yicha kuch sinashishdi. O‘ziga xos “bino”lar yuzlab insonlardan barpo etiladi. Musobaqa besh raunddan iborat bo‘lib, “bino”ning nafaqat balandligi, balki minoraning murakkabligi ham baholanadi.
Mazkur musobaqa har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladi. Uning tarixi o‘rta asrlar yarmarkasi davriga borib taqaladi. Qayd etish joizki, YuNeSKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mazkur tomoshalarda nafaqat Ispaniya jamoalari ishtirok etadi. Bu yil unda Xitoydan tashrif buyurgan jamoa ham o‘z kuchini sinab ko‘rgan.
“Inson minora”larini tomosha qilish uchun esa, dunyoning turli burchaklaridan minglab odamlar kelishadi.







Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026