Amerikalik komik aktyor saratondan forig‘ bo‘ldi
"Ota-ona bilan tanishuv", "Namunali urg‘ochi", "Muzeydagi tun" va boshqa ko‘plab komedik filmlar bo‘yicha taniqli bo‘lgan amerikalik komik aktyor Ben Stiller unga saraton tashxisi qo‘yilganiga jiddiy yondashgani haqida so‘zlab berdi.
Stillerning aytishicha, unga bunday tashxis 2 yil avval qo‘yilgan va u bu kasallikni yengish uchun operatsiyadan o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Aktyor shifokorlar unda saratonni qanday bosqichida aniqlashganini aytmagan, biroq saratonni aniqlashning zamonaviy sinovigina unga bu darddan forig‘ bo‘lishga yordam bergan.
Aynan shuning uchun Stiller ochiqchasiga o‘z tajribasi bilan bo‘lishishni o‘z burchi deb hisoblab, odamlarni tibbiy ko‘rikdan muntazam o‘tishga chaqirdi. Chunki aktyorning fikricha, odam o‘z kasalligi haqida qanchalik erta bilsa, uni yengishi shunchalik oson bo‘ladi. Aktyorning o‘zi esa o‘simtadan to‘liq xalos bo‘lganiga qaramasdan, muntazam ravishda shifokorlar ko‘rigidan o‘tib turishni kanda qilmaydi.
Mavzuga oid
15:32 / 23.09.2024
Asalari zahri tarkibida saratonga qarshi modda topildi
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
12:15 / 09.07.2024
JSST talk kukunini saraton xavfini oshiruvchi moddalar ro‘yxatiga kiritdi
10:20 / 06.06.2024