Jahon | 14:52 / 04.10.2016
6456
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti mamlakat mudofaasini kuchaytirish zarurligini ta'kidladi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev respublika qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Raimberdi Duyshenbiyev bilan uchrashuvi chog‘ida tashqi chegaralarni mustahkamlash va mamlakat mudofaasini kuchaytirish lozimligini ta'kidladi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbarining matbuot xizmatiga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan.

"Prezident tashqi chegaralarni mustahkamlash bo‘yicha oldinga qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini kuchaytirish zarurligini ta'kidladi", — deyilgan xabarda.

Atambayev va Duyshenbiyev "harakatchan va zamonaviy talablarga javob beruvchi" qurolli kuchlar tuzilmasini yaratish masalasini ham muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atambayev 2 hafta davomida Qirg‘izistonda bo‘lmadi. 19 sentabr kuni u AQShga uchish chog‘ida tobini yo‘qotib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun mehnat ta'tiliga chiqqandi. Avvaliga Turkiyada, so‘ng Moskvada davolanib, salomatligi yaxshilanganidan so‘ng, 2 oktabr kuni Qirg‘izistonga qaytib keldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid