Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Moskvaning TsSKA jamoasi sotilishi mumkinligidan xabar topdi
Moskvaning TsSKA jamoasi prezidenti Yevgeniy Giner jamoani sotish haqida o‘ylamoqda. Bu xaqda armiyachilar klubidagi manbaga asoslangan holda "Sovetskiy Sport" xabar tarqatgan.
"Ginerning boshida TsSKAni sotish fikri paydo bo‘lgan", degan manba.
"Giner Rossiya futbol jamoatchiligida katta nufuzga ega shaxs hisoblanadi. U klubda bundan ham muhim o‘rinni egallaydi, usiz jamoani boshqarish juda qiyin bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Giner moliyaviy muammolar tufayli TsSKAni sotishga majbur bo‘layotgani aytilgan. Xabar qilinishicha, 2015/16 yilgi mavsum uchun futbolchilar oldida qarzdorlik bor. Qayd etish kerakki, o‘tgan mavsumda jamoa yana bir marta Rossiya chempionatida g‘olib chiqqandi.
Giner 2001 yildan buyon TsSKA prezidenti hisoblanadi. Bu vaqt davomida klub 6 marta Rossiya chempionligiga, 7 marta - Rossiya Kubogiga, 6 marta - Rossiya Superkubogiga, 1 marta - UYeFA Kubogiga ega chiqqan. Sentyabr oyida TsSKAning yangi, 30 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadioni foydalanishga topshirilgandi.
Mavzuga oid
22:15 / 12.07.2025
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
16:24 / 05.06.2025
Abbos Fayzullayev Rossiyada Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi
16:24 / 03.06.2025
Abbos Fayzullayev Rossiyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
02:24 / 07.10.2024