Jahon | 17:01 / 04.10.2016
6149
2 daqiqa o‘qiladi

Yuzlab sayyohlar Xitoydagi muqaddas tog‘da qolib ketishdi

Kuchli shamol tufayli yuzlab sayyohlar Xitoydagi daolarning muqaddas Xuashan tog‘ida tunab qolishlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Voqea 4 oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Shamol kuchaygani sabab sayyohlarni 2 metr balandlikka olib chiquvchi kanat o‘z ishini to‘xtatgan. Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, shu sababga ko‘ra, tog‘da 200 sayyoh tunab qolgan.

Xitoyning «Jenmin jibao» gazetasi Facebook tarmog‘ida e'lon qilgan ma'lumotiga ko‘ra, Xuashan tog‘ida 500 nafarga yaqin sayyoh qolib ketgan. Ularning ko‘pchiligi keksa yoshidagi kishilar, ayollar va bolalar bo‘lgan. Ularni issiq sho‘rva, suv va issiq kiyim-kechak bilan ta'minlashgan.

Ertasiga esa dor yo‘li ish faoliyatini boshlagan va sayyohlar eson-omon pastga tushib olishgan.

Ma'lumot uchun, Xuashan daosizmda besh muqaddas tog‘dan biri hisoblanadi. Unda ko‘plab ibodatxonalar mavjud. U Shensi muzofoti hududida joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid