Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts AQShning eng badavlat odamlari ro‘yxatiga yana boshchilik qilmoqda
Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geyts Forbes nashri bo‘yicha 400 nafar eng badavlat amerikaliklar ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasini egalladi. Donald Tramp esa bu ro‘yxatda 121 pozitsiyaga pastlab ketdi.
Nashrning ma'lum qilishicha, Geyts 23 marta ketma-ket AQShning eng boy odami bo‘ldi. Uning davlati 81 mlrd dollarga baholangan. 2-o‘rinni Amazon.com onlayn-do‘koni asoschisi Jyeff Bezos 67 mlrd dollarlik boylik bilan egallagan. Undan keyin Uorren Baffet kelmoqda, u 15 yil ichida birinchi marta 3-o‘rinni egalladi.
Facebook asoschisi Mark Tsukerberg yuqori to‘rtlikdan joy oldi, uning boyligi 55,5 mlrd dollarni tashkil qilgan.
2016 yilgi amerikalik milliarder ro‘yxatiga AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp ham kiritildi: u o‘tgan yilgi 35-o‘rindan 156-o‘ringa tushib ketgan, uning boyligi 3,7 mlrd dollarga baholangan.
2016 yilgi 400 nafar eng badavlat amerikaliklar ro‘yxatining eng quyi pog‘onasini egallagan odamning boyligi 1,7 mlrd dollarni tashkil qilgan. Ro‘yxatdagi 10 foiz milliarder 21 ta davlatdan kelgan muhojirlardir. Ro‘yxatga shuningdek 22 nafar yangi milliarder kiritilgan.
Mavzuga oid
19:40 / 06.06.2026
Turk milliarderi latifa aytgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin
07:40 / 25.03.2026
Dunyoda eng ko‘p milliarderlar tug‘ilgan shaharlar ma’lum qilindi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
22:36 / 10.03.2026