Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: Oq uy Asad qo‘shinlariga zarbalar berishni boshlashni muhokama qiladi
Oq uyda Suriya hukumat qo‘shinlariga ehtimoliy zarbalar berish muhokama qilinishi boshlanadi, yig‘ilishda milliy xavfsizlikka javob beruvchi yuqori lavozimli amaldorlar ishtirok etadi. Bu haqda Washington Post nashri o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, AQSh milliy xavfsizlik idoralari bir necha haftadan beri AQSh prezidenti Barak Obamaga taqdim qilishlari mumkin bo‘lgan, Suriyadagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha ehtimoliy qadamlarni muhokama qilishmoqda. Bu masala endi Oq uyda ko‘tariladi. Biroq nashrning ta'kidlashicha, Obama keskin qarorlar qabul qilmasligi ehtimoli katta.
Muhokama qilinadigan choralar orasida Suriya harbiy-havo kuchlarining uchish-qo‘nish polosalariga aviazarbalar berish taklif qilingan. Ta'kidlanishicha, yuqori lavozimli amaldorlardan biri zarbalarni oshkor etmasdan berishni taklif qilgan. Uning fikricha, bu qaror BMT Xavfsizlik kengashi ruxsatisiz aviazarbalarni berishni boshlaganlik uchun tanqiddan qochishga imkon beradi.
Oq uyda kayfiyat Suriyada qat'iy va tezkor qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tomon oshmoqda. Biroq shu bilan birga keskin choralar shubha ostiga olinmoqda.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShda Suriya bo‘yicha aniq pozitsiya yo‘qligini aytgandi.