Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi AQShdan 492 dona harbiy Humvee transport vositalari olingani va ularning yarmi politsiya bo‘linmalariga yetkazib berilgani haqida xabar qilmoqda.
Afg‘oniston IIV vakili Murtazo Raximiyning qayd etishicha, transport vositalarining qolgan qismi yaqin orada huquq-tartibot idoralariga yetkaziladi. Xabar qilinishicha, ushbu harbiy yordam NATOning "Qat'iy ko‘mak" dasturi doirasida amalga oshirilgan.
Khaama agentligiga ko‘ra, AQSh shuningdek, Afg‘onistonga 80 ming dona qurol-aslaha, xususan avtomatik miltiqlar ham yetkazib beradi.