Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikada yo‘lovchilar vazni tortilishi yuzasidan shikoyat qilindi
AQShda mamlakatning Hawaiian Airlines aviakompaniyasi parvozlardan avval yo‘lovchilarning vaznini o‘lchash amaliyotini qo‘llayotganidan norozilik bildirildi. Radio New Zealand radiosining xabar qilishicha, ushbu aviakompaniyada parvoz qilgan tadbirkor Avamua Devid Helek AQSh transport vazirligiga murojaat qilib, aviatashuvchining harakatlari naqadar qonunga zid emasligini tekshirib ko‘rishni so‘ragan. Hozircha, ma'muriyatning javobi ma'lum emas.
Hawaiian Airlines, xususan, Pago-Pago (Amerika Samoasi markazi) va Havayi orollaridagi Honolulu shahri o‘rtasidagi parvozlarda shunday amaliyotni qo‘llab keladi. Kompaniya vakillarining izoh berishlaricha, bu sayyohlarning umumiy vaznini samolyot salonida bir xil taqsimlash uchun xavfsizlik maqsadida amalga oshiriladi.
Ammo, Helek buni salbiy qarshi olgan. «Albatta, Hawaiian Airlines bu xavfsizlik masalasi ekanini aytmoqda. Ammo, nima biz shu paytgacha tahdid ostida uchgan ekanmiz-da?» — degan Helek.
Hawaiian Airlines 2003 yildan beri Amerika Samoasidan parvozlarni yo‘lga qo‘ygan. Ta'kidlash kerakki, semizlik ushbu mintaqa aholisi uchun jiddiy muammo hisoblanadi.
2015 yil avgustida «O‘zbekiston Havo Yo‘llari» aviakompaniyasi ham yo‘lovchilarini samolyot bortiga chiqishidan avval vaznini o‘lchay boshlagan edi. Bu amaliyot yo‘lovchining qo‘l yuki bilan o‘rtacha vaznini aniqlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgani aytilgandi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026