Sport | 14:34 / 06.10.2016
10583
1 daqiqa o‘qiladi
«Real»ning sobiq bosh murabbiyi: «Jamoaning hozirgi muammosi - Krishtianu Ronaldu»
«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapelloning hisoblashicha, «qaymoqranglilar» jamoasi futbolchilari Krishtianu Ronalduga bog‘lanib qolishgan. Bu futbolchi esa hozirda yomon jismoniy formada.
«Real»ning hozirgi muammosi — Krishtianu Ronaldu.
Uning jismoniy holati hozir juda yomon. Shunda ham jamoaning muhim futbolchisi sifatida ko‘riladi», degan murabbiy Onda Cero radiosiga bergan intervyusida.
31 yoshli futbolchi Portugaliya terma jamoasi sifatida Yevro-2016 finalida tizzasidan olgan jarohati tufayli hali to‘la tiklana olmagan.
Futbolchi joriy mavsum startida jamoaning barcha turnirlarida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 gol urib, bir marta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Manba: Tribuna.uz