Sport | 10:01 / 08.11.2016
6355
2 daqiqa o‘qiladi

Kapello: Pele, Maradona va Messi - futbol tarixidagi eng buyuk 3 futbolchi

Italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello «Barselona» hujumchisi Lionel Messining o‘yinidan hayratlanishini yashirib o‘tirmadi.

U bu argentinalik futbolchini futbol qirollari Pele hamda Maradona bilan bir qatorga qo‘yishini bildirgan.

Bundan oldinroq «Sevilya» bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Ispaniya chempionatining 11-turida «Barselona»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan «Oltin to‘p»ni ikkita qilish kerakligi, birini Messi uchun, ikkinchisini qolgan futbolchilar uchun ta'sis qilish kerakligini aytib o‘tgandi. Uchrashuvda Sampaoli shogirdlari hisobni ochgan, keyinroq Messi bir gol urib va bir golga uzatma berib, jamoasi g‘alabasini ta'minlagandi.

«Sampaolining gapiga qo‘shilaman, «Oltin to‘p» ikkita bo‘lishi kerak. «Sevilya»ga qarshi o‘yinda ko‘rganlarimiz - bu futbolning eng yuqori saviyasi.

Pele, Maradona va Messi - futbol tarixidagi uchta eng buyuk futbolchilardir. Odamlar ularning o‘yinini ko‘rganlarida tik turib qarsak chalganlar va chalmoqdalar. Ko‘rsatayotgan o‘yini uchun Messiga rahmat», deya Kapelloning so‘zlarini keltirgan  A Bola.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid