Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQSh bilan yadro sohasidagi hamkorlikni to‘xtatadi
Rossiya yadro va energetika sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha AQSh bilan mavjud kelishuvlar ijrosini to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya hukumati saytida xabar qilingan.
RF hukumatida izoh berishlaricha, AQShning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari tufayli shunday qaror qabul qilingan.
«2014 yil aprelida «Rosatom» davlat korporatsiyasi AQSh energetika vazirligining byurosidan Vashington Ukrainadagi voqealar sababli, atom energetikasi sohasida hamkorlikni to‘xtatishi bildirilgan maktub olgan edi», — deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, AQSh ma'muriyatining bunday qarori kelishuv shartlarini buzish orqali qabul qilingan.
AQSh va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv 2013 yil 16 sentabrda Venada imzolangan edi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026