Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Chegara bilmas shifokorlar": Suriyani 6,5 million kishi tark etgan
Foto: RIA
Suriyadan jami 6,5 mln kishi, shu jumladan shifokorlar chiqib ketganiga qaramay, umuman tibbiyot xodimlari yetishmovchiligi kuzatilmayapti. "Chegara bilmas shifokorlar" nohukumat tashkilotining gumanitar masalalar bo‘limi mudiri Mixil Xofman shunday ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashgan.
"Qachonlardir, Suriya Yaqin Sharq mamlakatlari orasida sog‘liqni saqlash tizimi eng taraqqiy etgan davlatlardan biri edi…Endilikda, oradan atigi 5 yil o‘tib, bu tizim barbod qilindi. Ko‘plab shifokor va hamshiralar mamlakatni tark etdi. Suriyadan umuman 6,5 mln kishi ketgan — albatta, birinchilardan bo‘lib ma'lumotli, xususan shifokorlar ketishdi", — degan Xofman "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyusida.
Uning qayd etishicha, Suriyada har qadamda shifokor yordami zarur. Shu bilan birga, xalqaro tashkilot hamma yerda ham o‘z shifokorlarining ishlashiga ruxsat ola bilmagan. Bunga Suriya hukumati bilan kelisha olmagani sabab bo‘lgan.
Xofmanning so‘zlariga ko‘ra, "Chegara bilmas shifokorlar" Halabning g‘arbida gospital ocha olishmayapti. Shunga qaramay, Suriyaning hukumat qo‘shinlari nazoratidan boshqa hududlarida tashkilotning shifoxonalari faoliyat yuritmoqda.
"Biz bilan birga xorijga ketganlar — ko‘ngillilar tashkiloti bo‘lganimiz sababli, boshida 700–800 yevro oylik maosh olib turishadi. Shifokorlar esa bir necha yillar hamkorlik qilganlaridan keyingina ko‘pi bilan 1,5–2 ming dollar maosh olishlari mumkin. Ammo aksar ko‘ngillilar yarim yil-bir yil ishlaydi", — deb hikoya qilgan Xofman.
Biroq, shunday bo‘lsa-da, Xofmanga ko‘ra, shifokorlar yetarli. "Ammo, faqat shifokorlarning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Hamshiralar, haydovchi va buxgalterlar ham kerak. Biz asosan mahalliy shifokorlarni yollashga harakat qilamiz", — deya qo‘shimcha qilgan "Chegara bilmas shifokorlar" nohukumat tashkilotining gumanitar masalalar bo‘limi mudiri Mixil Xofman.
Mavzuga oid
14:03 / 25.12.2025
Masqatda hujjatsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
10:01 / 23.12.2025
Bashar Asadning Moskvadagi hayoti: u nimalar bilan mashg‘ul?
09:41 / 20.12.2025
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
19:41 / 17.12.2025