Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston XMTning birlashish erkinligi to‘g‘risidagi Konventsiyasini qabul qiladi
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari «Xalqaro mehnat tashkilotining «Birlashish erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risida»gi 87-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini qabul qilish bo‘yicha tashabbus bilan chiqdi. Bu haqda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bergan.
Konventsiya 1948 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Bosh Konferentsiyasining 31-sessiyasida qabul qilingan va 1950 yilda kuchga kirgan. Mazkur hujjat 153 mamlakat tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Konventsiyada xodimlar va ish beruvchilarning tashkilotlar tuzish, shuningdek, ushbu tashkilotlarga kirish huquqi, xodimlar va ish beruvchi tashkilotlarining o‘z ustavlari va ma'muriy reglamentlarini ishlab chiqishi, davlat organlarining birlashish huquqini cheklovchi yoki uni qonuniy amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi aralashuvidan erkinlik, xodimlar va ish beruvchi tashkilotlarni tarqatib yuborishni yoki ma'muriy tartibda ular faoliyatini to‘xtatib qo‘yishni ta'qiqlash, xodimlar va ish beruvchilarga birlashish huquqini erkin amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda fuqarolarning birlashish erkinligi kafolatlari Konstitutsiya hamda 20dan ziyod hujjatlarda, shu jumladan, «Kasaba uyushmalari, ular huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunda va Mehnat kodeksida mustahkamlab qo‘yilgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda xodimlar manfaatlarini 14 tarmoq, 14 hududiy, 37 mingga yaqin boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarini birlashtirgan va o‘z saflarida 6 mln dan ortiq a'zoga ega bo‘lgan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ifodalaydi. 2015 yil oktabr oyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK)ning assotsiatsiyalashgan a'zosi bo‘ldi,
XMT 87-sonli Konventsiyasining ratifikatsiya qilinishi O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarga yanada integratsiyalashuvi hamda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari himoyasini xalqaro standartlarga muvofiq ta'minlashni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:13 / 22.04.2026
2025 yilda qariyb 8 ming noqonuniy migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi – BMT
21:32 / 10.09.2025
Ish tashlash huquqi qonun bilan mustahkamlanadi
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
11:31 / 10.07.2024