Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Özbekistonda amaliy taşrif bilan bölib turgan Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) boş direktori Jilber Ungbo bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Jilber Ungbo Xalqaro mehnat taşkilotining Özbekiston bilan samarali hamkorligini yuqori baholagan hamda mamlakatni taşkilotning Ma’muriy Kengaşi a’zoligiga saylangani bilan tabriklagan. 

Uçraşuvda Özbekistonda munosib mehnat böyiça 2021-2025 yillarga möljallangan mamlakat dasturi doirasida amalga oşirilayotgan işlar natijalari dunyoning köp davlatlari uçun namuna bölişi ta’kidlangan.

Şuningdek, Xalqaro mehnat taşkilotining 112-sessiyasida belgilangan vazifalar hamda Barqaror rivojlaniş maqsadlarining ustuvor yönalişlardan kelib çiqqan holda 2026–2030 yillar uçun Munosib mehnat dasturi loyihasini işlab çiqiş böyiça fikr almaşilgan.

Suhbat yakunida mehnat sohasida gender tafovutini kamaytiriş va kamsitişga qarşi kuraşiş, imkoniyati çeklangan şaxslarning bandligini ta’minlaş, ular uçun qulay va munosib şaroitlarni yaratiş borasida hamkorlikni yanada rivojlantirişga kelişib olingan.