Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung egilgan qutiga patent oldi
Foto: theaustralian.com
Samsung kompaniyasi egik shakldagi qutiga litsenziya oldi. Taxminlarga ko‘ra, u televizorlarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Hujjat AQSh patent byurosi (USPTO) tomonidan e'lon qilingan.
Quti boshqalaridan unchalik jiddiy farq qilmaydi. Biroq, uning egik shakli mahsulotni xavfsiz tashishga naqadar yordam berishi noma'lum. Shu bilan birga, yuklarni yetkazib berishda noqulaylikka sabab bo‘lmasligi kerak. Chunki, uning egikligi unchalik ham sezilarli emas.
Ushbu qutini ishlab chiqish ustida 4 kishi ish olib borgan hamda patent olish uchun ariza 2015 yilda topshirilganiga qaramay, USPTO endi unga patent berishga qaror qilgan.

Mavzuga oid
21:00 / 25.02.2026
Samsung’dan mobil suratga olishning yangi davri
22:26 / 19.02.2026
Rossiyada ishlayotgan migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilishi mumkin
22:48 / 17.02.2026
Ukrainadagi mehnat migrantlari orasida o‘zbekistonliklar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
18:48 / 10.02.2026