Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik o‘smirning 20 sm lik dumi olib tashlandi
Foto: CATERS
Hindistonning Nagpur shahridan bo‘lgan 18 yoshli o‘smir umurtqasining quyi qismidan o‘sib chiqqan 20 sm lik dumini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani boshdan o‘tkazdi.
Ushbu anomaliya o‘smir 15 yoshga to‘lganda payqalgan.
O‘smirning yaqinlari va uning o‘zi mazax va haqoratlanishga qolishdan qo‘rqib bu haqda hech kimga so‘z ochmaganlar, biroq dum o‘sishda davom etib, o‘smirga borgan sari xalaqit bera boshlagan. Boz ustiga uni yashirish ham qiyinlashib borgan. Bundan tashqari, dum ichida suyak shakllana boshlagan.
Bunday holat juda kam uchraydi. O‘smirning olib tashlangan dumi tibbiyot fanida qayd etilgan eng uzuni bo‘ldi.
Shifokorlarning fikricha, dum homiladorlik vaqtidagi jarohat tufayli paydo bo‘lgan. Bu jarohat oqibatida bolaning umurtqasi oxiri yassilangan.
Operatsiya unchalik qiyin o‘tmagan, biroq neyrojarroh yordami kerak bo‘lgan, chunki orqa miyaga bog‘liqlik joyi bo‘lgan.
Nomi oshkor etilmagan o‘smir bir necha kundan keyin uyiga endi dumsiz qaytadi.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026