Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq armiyasi IShID poytaxtini chor tarafdan o‘rab kelmoqda
IShID jangarilari 2015 yilning yanvaridan buyon Iroq va Suriyada egallab olgan hududlarining 28 foizidan ayrilgan. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar berdi.
Londondagi tahliliy va konsalting markazi (IHS) tomonidan ma'lum qilinishicha, IShID tasarrufidagi hudud 78 ming kv km maydondan 65 ming kv km maydonga qisqargan. Bu taxminan Shri Lanka maydoniga teng (12,5 ming kv km).
Shu bilan birgalikda keyingi 3 oyda IShID jangarilarining yo‘qotishlari kamaygan (2800 kv km).
IHS tomonidan qayd etilishicha, bunda Rossiyaning "aybi bor". Yil boshida Rossiya aviatsiyasi hujumlarining 28 foizlik ulushi IShIDga qarshi qaratilgandi, keyingi chorakda esa bu ko‘rsatkich 17 foizga tushdi.
Shu bilan birgalikda IShID kuchsizlanishda davom etmoqda.
Iroq harbiylari iyul oyida jangarilarni strategik ahamiyatga ega Kayyara aviabazasidan surib chiqardi va Mo‘sulga keng ko‘lamli hujum boshlash uchun yo‘l ochildi.
Avgust oyida esa AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kurdlar va arab lashkarlari Suriyadagi Manbij shahrini egalladi. Bu shahar IShIDning Suriyadagi poytaxti hisoblanadigan Raqqa shahriga eltuvchi yo‘lda, Turkiya bilan shimoliy chegara yaqinida joylashgan.
"Turkiyaga kontrabanda yo‘li to‘silishi Turkiya orqali hududga yollanma jangarilar kirib kelishi imkonlarini keskin kamaytirdi. Bu vaqtda esa Iroq harbiylari Mo‘sulni chor tarafdan o‘rab kelmoqda", deya qayd etishgan tahlilchilar.

Oktyabr oyining ikkinchi yarmida jangarilarning Iroqdagi poytaxti sanaladigan Mo‘sulga yakunlovchi hujum boshlanishi kutilmoqda.
Bag‘dod bu shahar olinishi IShIDning Iroqda butkul yengilganini anglatishini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026