Klintonning maslahatchisi OAV orqali Rossiyaga bosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Vashington Rossiyani xakerlar hujumida rasman ayblaganidan keyin Moskvaga qarshi choralar ko‘rilishi kerak. Rus tilidagi “Amerika ovozi”da “tajovuzkor dastur”ning yaratilishi ham ularning qatoridan joy olishi mumkin. Bu haqida markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) rahbarining sobiq o‘rinbosari, hozirda esa – AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Hillari Klintonning maslahatchisi Maykl Morell ma'lumotiga tayanib, The New York Times xabar berdi.
Morellning so‘zlariga ko‘ra, AQShning javobi “hujumga muvofiq bo‘lishi kerak”. Ma'lum bir shaxslarga qarshi jinoiy ayblov va sanksiyalar faqatgina ogohlantirish sifatida xizmat qiladi. Manbada yozilishicha, “Amerikaning Rossiyaga javobi oddiy bo‘lishi ham mumkin edi, ya'ni Vashington Kremlga nisbatan zarar yetkazuvchi dasturlar ishlab chiqarish uchun hukumat kiberjangchilarini ishga tushirishi mumkin edi”. Biroq Morellning fikricha, bunday qilishga hojat yo‘q.
Klinton maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin nimani “qadrlasa”, o‘shanga qarata zarba berish lozim. Nashrga ko‘ra, Klinton saylovlarda g‘olib bo‘lsa, Morell Amerika razvedkasidagi eng asosiy lavozimlardan birini egallashi muqarrar.
“Morell bu masalada ikki xil yondashuvni taklif qildi: butun Rossiya iqtisodiyotiga nisbatan chuqur sanksiyalar qo‘llash va “Amerika ovozi”da rossiyaliklarga Putinni faqat o‘z hukmronligi qiziqtirishini “so‘zlovchi” va uning mamlakat iqtisodiyotini tiklash uchun yagona umid – G‘arb bilan integratsiyalashuvga tahdid solishini singdiruvchi tajovuzkor dasturni yo‘lga qo‘yish”, - deb yozadi The New York Times.
Biroq Klinton maslahatchisining fikricha, ikki usulning ham amalga oshirilishi bir qator muammolarga duch kelishi mumkin. Yevropaning bu sanksiyalarga qo‘shilishi ehtimoli kam, zero bu Rossiya gazidan voz kechishni bildirardi.
Juma kuni AQSh ichki ishlar vazirligi va milliy razvedka rahbari idorasi qo‘shma bayonot bilan chiqib, Rossiyani Amerikadagi siyosiy tashkilotlarga uyushtirilgan xakerlik hujumlarida aybladi. Bundan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin Demokratik partiya serverlariga uyushtirilgan hujumlar haqida hech narsa bilmasligini ma'lum qilgan, Rossiya esa bunday masalalar bilan davlat miqyosida shug‘ullanmaydi.
Mavzuga oid
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
10:31