Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quddusdagi tramvay bekatida otishma sodir etildi
Foto: AP Photo/Ariel Schalit
Quddusning Givat a-Taxmoshet tumanidagi tramvay bekatida noma'lum shaxs tomonidan o‘t ochilishi oqibatida 8 kishi jarohatlandi. Bu haqda NEWSru.co.il saytida xabar berilgan.
Jabrlanganlardan 2 nafari (ulardan biri politsiyachi, biri yo‘lovchi ayol) og‘ir ahvolda qolmoqda.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, terrorchi Xaim Bar-Lev xiyobonidagi tramvay bekatiga oq avtomobilda kelgan va to‘planib turgan kishilarga o‘t ochgan. Shundan so‘ng Quddusning arablar istiqomat qiladigan Shayx Jaroh mavzesiga jo‘nab ketgan.
Maxsus xizmat vakillari uni ta'qib qilish chog‘ida otib o‘ldirishgan. Uning shaxsi aniqlangan. U Quddusdagi Silvan kvartalida istiqomat qilib kelgan 39 yoshli arab bo‘lgan. Uning avtomobilidan M-16 vintovkasi hamda granata topilgan.
Mavzuga oid
22:19 / 19.04.2026
Ayova universitetida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir necha kishi yaralandi
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026
Turkiyadagi maktabda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni ortdi
18:05 / 15.04.2026