Quddusning Givat a-Taxmoşet tumanidagi tramvay bekatida noma'lum şaxs tomonidan öt oçilişi oqibatida 8 kişi jarohatlandi. Bu haqda NEWSru.co.il saytida xabar berilgan.
Jabrlanganlardan 2 nafari (ulardan biri politsiyaçi, biri yölovçi ayol) oğir ahvolda qolmoqda.
Politsiya ma'lumotiga köra, terrorçi Xaim Bar-Lev xiyobonidagi tramvay bekatiga oq avtomobilda kelgan va töplanib turgan kişilarga öt oçgan. Şundan söng Quddusning arablar istiqomat qiladigan Şayx Jaroh mavzesiga jönab ketgan.
Maxsus xizmat vakillari uni ta'qib qiliş çoğida otib öldirişgan. Uning şaxsi aniqlangan. U Quddusdagi Silvan kvartalida istiqomat qilib kelgan 39 yoşli arab bölgan. Uning avtomobilidan M-16 vintovkasi hamda granata topilgan.












