Texnologiya | 10:24 / 10.10.2016
4293
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy 7 Note ishlab chiqarishni vaqtinchalikka to‘xtatadi

© AP Photo/ ahn Young-joon

Samsung Electronics vaqtinchalik  Galaxy Note 7 smartfonini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqida kompaniyaning yetkazib berish xizmati xodimlaridan biri xabar berdi.    

«Bu chora-tadbirlar xalqaro yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi  Vetnamdagi zavodda joriy etiladi», — deyiladi manbada.

Sentyabr boshida Samsung qurilma akkumulyatorining yonib ketishi haqidagi xabardan so‘ng vaqtinchalik Galaxy Note 7 sotuvini to‘xtatdi.

1 oktabr kuni kompaniya Janubiy Koreyada smartfonlar sotuvini qayta yangilagani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.  

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid