Jamiyat | 21:53 / 10.10.2016
6098
1 daqiqa o‘qiladi

Shotland politsiyasi yo‘l qoidasini buzgan tovuqni ushladi

Foto: Tayside Police Division

Shotlandiyaning Dandi shahri politsiyasi yo‘l harakati qoidasini buzgan tovuqni ushlagani haqida hisobot berdi. Bu haqda UPI agentligi xabar bermoqda. 

Huquq-tartibot muassasalariga erta tongda yo‘lning qatnov qismida tovuqni ko‘rgan haydovchilar murojaat qilishgan. Voqea joyiga politsiya naryadi yetib kelib, "qoidabuzarni" qidira boshlagan. Birozdan keyin tovuq topilgan.

Tovuq mahalliy politsiya bo‘limiga yetkazilgan, so‘ngra Hayvonlarga qattiqqo‘llik qilishning oldini olish qirollik jamiyati vakillariga berilgan. Endi departament xodimlari tovuqning egasi topiilishi va tovuq nima maqsadda yo‘lni kesib o‘tayotganini aniqlashga umid qilishmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid