Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya adliya vaziri Gulenni olib kelish uchun shaxsan AQShga boradi
Turkiya adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘ 26-27 oktabr kunlari turk diniy arbobi va muxolifati yetakchisi Fathulloh Gulenni topshirishni talab qilib AQShga shaxsan boradi. Rasmiy Anqara Gulenni harbiy davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qilmoqda. Adliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, u Gulenning jinoiy faoliyatini isbotlovchi barcha dalillarni Amerika tomoniga taqdim etadi, deb yozmoqda Milliyet nashri.
Bo‘zdog‘ning ta'kidlashicha, u Gulenga nisbatan qachonlardir tayyorlangan ma'lumotlarning eng to‘liq to‘plamini olib boradi.
"Gulenga nisbatan to‘plangan hujjatlar to‘plamidan ortig‘i va batafsili bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham… (Unda) raqamli moslamalarda 500 mingga yaqin hujjat mavjud. Agar Gulenni shu asosda ham topshirishmasa, men yana qanday axborot tayyorlash mumkinligini bilmayman", - deya vazir so‘zlarini keltiradi Milliyet gazetasi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026