Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Fransiyaga borishdan bosh tortdi
Foto: AFP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya poytaxti Parijga borish rejasidan voz kechgan. Reyter agentligi Fransiya prezidenti ma'muriyatidagi manbasiga asoslanib xabar qilishicha, 19 oktabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilgan ushbu tashrif bekor qilingani haqida rasmiy Moskva tomoni ogohlantirish yo‘llagan.
Hozircha bu ma'lumot rasman tasdiqlanmadi.
Shu tariqa, Moskva tomoni fransuzlar yetakchisi Fransua Ollandning Suriya masalasini Parijda muhokama qilish bo‘yicha taklifini rad qilgan.
RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 6 oktabr kuni fransiyalik hamkasbi Jan-Mark Eyro bilan Moskvadagi uchrashuvi chog‘ida Putin 19 oktabr kuni Fransiyaga ishchi tashrif uyushtirib, Olland bilan Suriya hamda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishiga kelishib olgandi.
8 oktabr kuni Rossiya Fransiyaning BMT XKda Halabdagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyaga veto qo‘ygandi.
10 oktabr kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Parijga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ish olib borilayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Undan oldinroq, Fransiya prezidenti Putin bilan uchrashuv foydali bo‘lishiga shubha bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
13:13 / 10.01.2026