Turkiya armiyasi Suriya shimolida IShIDga qarshi kurashni kuchaytirmoqda
Turkiya armiyasi Suriya shimolida olib borayotgan "Frot qalqoni" harbiy amaliyoti chog‘ida bir kun ichida IShIDning 91ta inshootini yo‘q qilgan. Turkiya bosh shtabining xabariga ko‘ra, nishonlarga artilleriya vositalari va tank yordamida zarba berilgan.
"Bizning Qurolli kuchlarimiz "Firtina" gaubitsalari, umumiy zarba berish tizimlari, tanklar va minomyotlar yordamida IShIDning 91ta nishonini yo‘q qildi. Muxolifatdagi Ozod Suriya armiyasi ham Turkiya Qurolli kuchlari ko‘magida Aazaz va Al Ray tumanlari o‘rtasida 8ta aholi punkti ustidan nazoratini o‘rnatdi. Janglarda OSAning 2 askari halok bo‘lib, 6 nafar harbiy xizmatchisi yaralangan. Turk harbiylari orasida qurbonlar yo‘q", — deyiladi Turkiya harbiy ma'muriyati xabarida.
Qayd etilishicha, "Frot qalqoni" davomida 132ta aholi punkti terrorchilardan tozalangan. Suriya shimolida OSA nazoratiga o‘tgan hududlarning umumiy maydoni 1100 kv kilometrni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:50 / 17.10.2024
RF HKK Suriyaning Idlibidagi 27 ta nishonga zarba berdi
15:11 / 05.10.2024