Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Saudiya Arabistoniga yordam berish dasturini qayta ko‘rib chiqishni boshladi
AQSh hukumati Yamandagi dafn marosimida berilgan aviazarba haqidagi xabardan keyin Saudiya Arabistoniga yordam berish dasturini qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqida seshanba kuni davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbining xabariga asoslanib, RIA "Novosti" ma'lum qildi.
O‘tgan shanba kuni xusit isyonchilari nazorati ostida bo‘lgan Yaman poytaxtidagi dafn marosimiga berilgan aviazarba natijasida, BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 140 nafar kishi halok bo‘lgan, 525 nafari turli jarohatlar olgan. Isyonchilar aviazarbada hukumat tomonida jang qilayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyani aybladi.
"O‘tgan dam olish kunlarida uyushtirilgan hujum asosida biz Saudiya Arabistonga ko‘rsatilayotgan yordam dasturini qayta ko‘rib chiqishga kirishdik. "Bu jarayonga start berildimi?" degan savolga javobimiz - ha, jarayon yo‘lga qo‘yildi", - dedi Kirbi jurnalistlarga.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026