Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada turk harbiylarining Iroqda qolishiga doir izoh berildi
Turk harbiylari Iroq shimolidagi lagerda qancha kerak bo‘lsa, shuncha qoladigan bo‘lishdi. Bu haqida Turkiya bosh vazir o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush ma'lum qildi.
Iroq parlamenti bundan avval turk harbiylarining Mo‘sul ostidagi Bashik tumanida qolishiga qarshi noroziligi ifodalangan rezolyutsiyani qabul qilgandi. Parlamentariylar Iroq hukumatidan zarur yuridik va diplomatik choralar ko‘rishni talab qilishdi, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning qayta ko‘rib chiqilishi ham shular jumlasiga kiradi.
Turkiya TIV bu rezolyutsiyani qoraladi. Bosh vazir Binali Yildirim turk harbiylarining Iroq shimolidagi Bashik lagerida qolishini ma'lum qildi. O‘z navbatida, Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy turk harbiylari uning mamlakatida o‘zlarini "uydagi kabi" tutmasliklari kerakligini ta'kidladi.
"Turk harbiy instruktorlari Iroq shimolidagi Bashik lagerida qonunga muvofiq joylashtirilgan. "Turkiya yordamiga ehtiyoj bor ekan, harbiylarimiz o‘sha yerda bo‘lib turishadi... Ular Bashikda IShID bilan kurashish hamda Mo‘sul aholisini qo‘llab-quvvatlash maqsadida faoliyat olib borishmoqda", - dedi Kurtulmush Anadolu nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mo‘sulni IShIDdan ozod qilish masalasi bir necha yillar avvaloq dolzarb bo‘lishi kerak edi.
"Mo‘sulni ozod qilishga doir chaqiriqlarning aynan bugun jaranglayotgani bizda muayyan mulohazalarni keltirib chiqaradi. Hoynahoy, Iroq bosh vaziriga xorijdan ta'sir o‘tkazilyapti", - dedi Turkiya bosh vazir o‘rinbosari.
U Iroq hukumatini "bir terrorchi guruh bilan kurashda ikkinchisidan foydalanib, xato qilmaslik"ka chaqirdi.
Kattaligi bo‘yicha Iroqda ikkinchi o‘rinda turuvchi Mo‘sul shahri 2014 yilda terrorchilar tomonidan qo‘lga olingan va u hozirga qadar ularning tayanch markazi bo‘lib qolmoqda. Iroq harbiylari va ularning ittifoqdoshlari hal qiluvchi hujumga tayyorgarlik ko‘rishda davom etishmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bundan avval Mo‘sulni IShIDdan ozod qilish operatsiyasining 19 oktabrga rejalashtirilgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026