Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyalik konchilar yerosti ko‘mir konida norozilik bildirishmoqda
Foto: nova.bg
Bolgariya g‘arbidagi konlardan birida ishlovchilar ish haqining o‘z vaqtida to‘lanmayotgani va kamaytirilishiga norozilik sifatida ish tashlash o‘tkazmoqda, deb xabar qilmoqda Nova TV telekanali.
10 oktabr kuni 125 kishi "Bobov dol" ko‘mir konida yerostiga tushib, shundan beri yer yuzasiga chiqishayotgani yo‘q.
Konchilar kon rahbariyati vakili muzokaralar o‘tkazish uchun yerostiga tushishini talab qilishmoqda.
Ular ish haqining to‘lanmagani hamda uning qisman kamaygani va ishini yo‘qotib qo‘yish ehtimoliga qarshi norozilik bildirishmoqda.
Telekanalga ko‘ra, norozi konchilar ishlayotgan konlardan biri oktabr oyi boshida yopilgan. Endilikda, konchilar buning natijasida ishdan bo‘shatilmasligiga kafolat talab qilishmoqda.
Shu bilan birga, namoyishchilarning qachongacha yerostida qolishni rejalashtirayotgani ma'lum emas. Kon vakillari ham bunga izoh berishmagan.
Dastlab, norozilik bildirganlar soni 130 nafar bo‘lgan, biroq besh nafari sog‘lig‘i yomonlashgani bois, yer yuzasiga qaytib chiqishgan.
Mavzuga oid
20:55 / 31.12.2025
Bolgariya 1 yanvardan yevroga o‘tadi
11:19 / 13.12.2025
Bolgariya yevroga o‘tish arafasida: ommaviy norozilik va hukumat iste’fosi
15:41 / 07.11.2025
Bolgariyada “Lukoyl” NQZni sotish: parlament prezident vetosini yengib o‘tdi
11:45 / 01.11.2025