Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:36 / 13.10.2016
34628
1 daqiqa o‘qiladi
Nazarboyeva otasining sog‘lig‘i haqida ma'lum qildi
Foto: today.kz
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda, deya ma'lum qilgan respublika rahbarining qizi, senator Dariga Nazarboyeva.
Seshanba, 11 oktabr kuni Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati Nazarboyev shamollab qolgani bois, rejali davolash kursini o‘tayotgani haqida xabar qilgan edi. Uning barcha xalqaro safarlari bekor qilingandi.
"Hozir ancha yaxshi", — degan Nazarboyeva mamlakat parlamenti yuqori palatasining majlisidan so‘ng, prezident sog‘lig‘i haqida berilgan savolga javob berar ekan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish