Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sentyabr oyida Xitoy eksporti 10 foizga pasaydi
Shu yilning sentabr oyida Xitoy eksporti o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda 10 foizga, import ko‘rsatkichi esa 1,9 foizga pasaygan. XXR Bosh bojxona boshqarmasi keltirgan ma'lumotlar tahlilchilarning taxminlaridan ham yomonroq bo‘lib chiqqan.
Bojxona axborotiga ko‘ra, Xitoy sentabr oyida 184,5 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lsa, 142,5 milliard dollarlik import xaridini amalga oshirgan. Reyter agentligi tahlilchilari, sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, eksport hajmining 3 foizga pasayishini va importning 1 foizga oshishini taxmin qilishgan edi.
Shunday qilib, o‘tgan oydagi ijobiy savdo balansi 41,99 milliard dollarni tashkil etgan. Ekspertlar bu raqam 53 milliard bo‘lishini aytishgan edi. Sentyabr oyida tashqi savdo hajmi o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 6,6 foizga qisqarib, 327 milliard dollarni tashkil etgan.
2015 yil natijalariga ko‘ra, Xitoyning tashqi savdo hajmi 3,95 trillion dollarni tashkil etgan, bunda eksport 2,8 foizga pasayib, 2,27 trillion dollardan iborat bo‘lgan, import esa 14,1 foizga pasaygan hamda 1,68 trillion dollarni tashkil etgan.
Tashqi savdodagi ijobiy saldo 594,5 milliard dollar bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
08:48 / 20.06.2026
Qumga boy Saudiya nega qum import qilmoqda?
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026