Jahon | 18:32 / 13.10.2016
4438
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya adliya vaziri: Prezidentning boshqaruv shakli taqdirini referendum hal qiladi

Foto: Getty Images

Turkiyada prezident boshqaruv shaklini qonuniylashtirish lozim. Turkiya adliya vaziri Bekir Bo‘zdag mamlakat bosh vaziri Binali Yildirimning hukmron partiyaning (Adolat va taraqqiyot partiyasi) yaqin vaqt ichida yangi konstitutsiya loyihasini parlamentda ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi bayonotiga ana shunday izoh berdi. Bu haqida TASS agentligi ma'lum qildi. 

"Ushbu masala parlamentga taqdim etilganidan keyin biz uning natijalariga ko‘ra, qaror qabul qiluvchi xalqdan so‘raymiz, - dedi vazir Anqaradagi xalqaro huquq kongressidagi ishtiroki chog‘ida. - Nahotki bugungi kunda Turkiyada prezidentlik shakli mavjud bo‘lmasa... Haqiqat oydek ravshan, shu bois nima uchun uni qonuniylashtirmas ekanmiz?!", - deya ta'kidladi adliya vaziri. 

U Turkiyaning hozirgi prezidenti 2014 yilda konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritilganidan so‘ng xalq tomonidan saylangani hamda uning keng vakolatlarga ega ekanligini eslatib o‘tdi.  "Siyosiy partiyalar prezidentning vakolatlari masalasini parlamentga taqdim etishlari mumkin. Unga 330 nafardan ortiq deputat ovoz bersa, biz bu haqida xalqdan so‘raymiz, - dedi Bo‘zdag referendumni nazarda tutib. - Ishonchim komilki, turk xalqi boshqaruv tizimi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga qodir. 

Turkiyada bugungi kunda 1980 yilgi harbiy to‘ntaruvdan keyin 1982 yilda qabul qilingan konstitutsiyaga amal qilib kelinadi. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid