Sport | 10:50 / 13.10.2016
9214
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Maradona xayriya uchrashuvi vaqtida Veron bilan tortishib qoldi

Video: Maradona xayriya uchrashuvi vaqtida Veron bilan tortishib qoldi

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradona argentinalik boshqa bir sobiq futbolchi Xuan Sebastyan Veron bilan Rimda o‘tkazilgan Match for Peace nomi ostidagi xayriya uchrashuvi vaqtida qattiq bahslashib qoldi.

Uchrashuv tarkibida Veron bo‘lgan Ronaldino boshchiligidagi jamoaning Maradona boshchilik qilgan jamoa ustidan 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. G‘olib jamoa safida gollarga Frederik Kanute, Boyan Krkich, Ernan Krespo va Fernando Kavenagi mualliflik qilgan bo‘lsa, Maradona jamoasidan gollarni Antonio Di Natale, Franchesko Totti va Nikolas Burdisso urgan. 

2010 yilgi Jahon chempionatida Maradona bosh murabbiyligidagi Argentina muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Veron terma jamoani professional mutaxassis boshqarishi kerakligini aytganidan keyin ushbu ikki sobiq sportchi o‘rtasida munozaralar yuzaga kelgandi.

Bunga javoban Maradona Veronni sotqin deb atab, na futbolchi va na uning otasi haqida eshitishni xohlamasligini ta'kidlagandi.

JCh-2010 Argentina terma jamoasi uchun chorak finalda yakunlangan, tarkibda Veron ham bo‘lgan jamoa Germaniyaga 0:4 hisobida yutqazgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid