Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Milliy gvardiya tashkil etiladi
Fransiyada Milliy gvardiyani tashkil etish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. U, 14 iyul kuni Nitstsada amalga oshirilgan terrorchilikdan so‘ng, mamlakat prezidenti Fransua Olland tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
Qonunning birinchi bandida qayd etilishicha, "Fransiya Milliy gvardiyasi zarur bo‘lgan hollarda, mamlakat xavfsizligi va mudofaasini ta'minlashga hissa qo‘shish uchun qurol ishlatishi mumkin". Davlat hujjatlari e'lon qilinadigan Journal officiel saytida yozilishicha, u "Qurolli kuchlar safida shartnoma asosida xizmat qilayotganlar orasidan ko‘ngilli ravishda tashkil etiladi". Milliy gvardiya tarkibiga, shuningdek, "mamlakat politsiyasining fuqarolik zaxirasidan ham ko‘ngillilar kirishi mumkin".
Yangi tuzilmaga, Fransiya mudofaa hamda ichki ishlar vazirligi birgalikda rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026