Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guterresh o‘z bayonotida marhum ayolining sabog‘ini esladi
BMTning yangi saylangan bosh kotibi Antoniu Guterresh Rossiya va AQSh munosabatlaridagi kelishmovchiliklarni yengib o‘tishga yordam berishi mumkin bo‘lgan insoniy munosabatlar formulasi haqida so‘z yuritdi. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi.
"Mening marhum (birinchi) turmush o‘rtog‘im - psixoanalitik bo‘lgan. U menga bergan saboq siyosiy hayotimning markazida turadi. Ayolim menga ikki kishi bir joyda bo‘lgan mahalda, bu yerdagilar aslida 2 emas, 6 nafar bo‘lishini aytgan. Bu insonning asli, uning boshqa shaxsni qanday ko‘rishi va o‘zini qanday namoyon qilishidir. O‘ylashimcha, davlatlararo munosabatlarda ham xuddi shunday - masalan, AQSh va Rossiya. Zarurat tug‘ilganda insoniy munosabatlarda ham, diplomatiyada ham bu anglashmovchiliklarni yengib o‘tish, oltitasidan ikkitasini qoldirish kerak", degan Guterresh RIA "Novosti"ga bergan intervyusida.
Guterresh bu borada har qanday sharoit va vaziyatlarda yordam berish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishga va'da berdi.
Eslatib o‘tamiz, 13 oktabrda BMT Bosh Assambleyasi Antoniu Guterreshni tashkilotning Bosh kotibi lavozimiga tayinlash haqida qaror qabul qildi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026