Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradona Simeoneni tanqid qiluvchilarga javob berdi
Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, o‘tgan asr futboli yulduzi Diyego Maradona vatandoshi Diyego Simeone haqida o‘z fikrini ma'lum qila turib, uni maqtadi.
«Simeone a'lo darajada ishlamoqda. Men uni inson sifatida ham, futbol mutaxassisi sifatida ham hurmat qilaman.
U kuchli tarkib hosil qilgan «Real» va «Barselona» bilan tengma-teng kurash olib bormoqda.
Simeone kimnidir o‘z o‘yin uslubi bilan zeriktirib yubordimi? «Bavariya» yoki «Ayaks» nimaga erishmoqda? Qiziqarli futbol o‘ynab, sovrin yutayotgan jamoalar qani? Chiroyli o‘yini bilan nimani yutmoqda?
Ha, «Ayaks» yaxshi o‘yin namoyish etadi, lekin sovrinlardan quruq qoladi. «Bavariya» Germaniyada hamma narsani qo‘lga kiritmoqda, biroq mamlakat chegaralaridan 100 km uzoqroqqa chiqqach, ularning ishi qiyinlashadi», deya Maradonaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Marca.
Mavzuga oid
20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi
13:10 / 20.05.2023
Messi va Maradona kashf etilgan turnir. Osiyo chempioni Argentinada tarixni yangilay oladimi?
00:07 / 18.12.2020
Sud Maradonaning jasadini krematsiya qilishni taqiqlab qo‘ydi
22:13 / 07.08.2018