Jahon | 00:34 / 14.10.2016
8995
2 daqiqa o‘qiladi

Obamaga Suriya bazalari va radiolokatsion stansiyalariga zarba berish taklif qilinadi

Foto: EPA

AQSh prezidenti Barak Obamaga 14 oktabrda tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchilar bilan yig‘ilishda Suriyadagi harbiy obektlarga zarba berish taklif etiladi. Bu haqda yuqori lavozimdagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bir qator amerikalik amaldorlar Vashington Suriya borasida keskinroq harakatlar qabul qilishi kerak, deb hisoblamoqdalar. Bu o‘rtamiyona muxolifat, arab, turk va kurd ittifoqdoshlariga IShIDga qarshi kurashda zarur bo‘lgan ta'sirni saqlab qolish uchun kerak. Xususan, Suriyaning harbiy bazalari, o‘q-dori omborlari va radiolokatsion stansiyalariga zarba berish taklif qilinmoqda.

Obamaga buning muqobili sifatida Suriyadagi muxolif kuchlarga zamonaviyroq qurol yetkazib berish ham taklif qilinishi mumkin. Biroq ko‘chuvchi zenit-raketa majmualari yetkazib berilishi dargumon, chunki Vashington ular g‘arb davlatlari yo‘lovchi samolyotlariga qarshi qo‘llanishi mumkinligidan qo‘rqmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid