Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada 3 g‘ildirakli elektromobil ishlab chiqariladi
Shvetsiyaning Uniti startapi uch g‘ildirakli Ingenious EV elektrokarini ishlab chiqishi uchun 800 ming dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Firma yangilikni e'lon qilgan vaqtda, jami 797 ming dollarni tashkil etgan 355ta pul o‘tkazmasini qabul qilib olgan.
Dastlab, kompaniya 550 ming dollarni yig‘ishni rejalashtirgan. Ta'kidlash kerakki, kraudfanding kampaniyasi tugashiga 36 kun qoldi. Shvetsiya qonunlariga ko‘ra, loyihaga mablag‘ kiritgan 355 kishi firma aksionerlariga aylangan. Ayni vaqtda, kompaniya yangi elektrokarga 140ta buyurtmani ham qabul qilgan.

Uniti 25-34 yoshlardagi mijozlar uchun bir kishilik shahar avtomobilini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Ikki eshikli elektromobil futuristik dizaynga ega bo‘ladi, unda elektron rul boshqaruvi hamda qo‘shimcha reallik bilan to‘ldirilgan proyektsion displey qo‘llaniladi.
Kompaniya uning prototipini 2017 yilda sinab ko‘rishni, 2018 yildan buyurtmalarni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Ilk mashinalar 2019 yilning uchinchi choragi yoki 2020 yilning birinchi choragidan xaridorlarga yetkazib beriladi.

13 oktabr kuni Amerikaning Sondors startapi o‘zining uch g‘ildirakli elektrokari loyihasi uchun 410 ming dollar yiqqani xabar qilingan edi. Firma 1 mln dollar yig‘ishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026